Published On Dec 25, 2023
Odatiy turmush tarzi, kunlik stressga toʼla ortiqcha mashaqqatlar har qanday kuchli va potensiali yuqori insonni zaiflashtiradi, samaradorligini tushurib yuboradi. Dunyoga mashhur brendlarning asoschisi, taniqli yozuvchi yoki muvaffaqiyatga erishgan har qanday soha vakillarning shaxsiyatni rivojlantirishga oid maslahatlariga quloq tutsangiz ularning stressdan qanchalar qochishga intilishlarini, osoyishtalikka ishtiyoqmand ekanliklarini tushunib yetasiz. Ha, bizning doimiy takrorlanuvchi xatolarimizdan biri stressni keltirib chiqaruvchi odatlarni tark etmasligimizdir. Taniqli tadbirkor, investor, tinch hayot uchun hamyoniga doimiy tushib turadigan $500 000 lik ishdan voz kecha olgan Laziz Аdhamov bugungi podkastimizda yuqoridagi muhim masalalar boʼyicha oʼzlarining tajriba va maslahatlarini boʼlishadilar.