“Parda ortidagi o’yinlar”. Kichik kuyov, DXX, Saida va Allamjonov
Ozodlik Radiosi Ozodlik Radiosi
3.03M subscribers
195,189 views
3.2K

 Published On Premiered 7 hours ago

Президент Шавкат Мирзиëевга яқин шахслардан бири, унинг тўнғич қизи билан 7 йил давомида тандемда ишлаб келаëтган Комил Алламжоновнинг нима учун ишдан бўшатилгани ва қайси лавозимга ўтказилгани ҳақида ҳозирча маълумот йўқ.
Алламжонов истеъфосининг октябрь охирида ўтадиган парламент сайловлари арафасида юз бергани унинг янги, юқорироқ лавозимга тайинланиши ҳақидаги фаразларга ҳам йўл очган.
Айни пайтда 40 яшар Алламжонов гарчи ҳукуматда расмий лавозимни эгалламаса-да, президентнинг тўнғич қизи ва ёрдамчиси Саида Мирзиёева “командасида қолиши” мумкинлиги ҳақидаги фаразлар ҳам мавжуд.
Алламжонов истеъфоси ортидан эҳтимолий сценарийлар кўпаяркан, у билан президентнинг кенжа куёви ўртасидаги зиддиятга оид фаразлар яна кучайди.
Таҳлилчилар наздида, Ўзбекистонда президент меросхўрлиги устида парда ортида кечаётган кураш шу кунларда анча кучайган.

🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Prezident Shavkat Mirziyoyevga yaqin shaxslardan biri, uning to‘ng‘ich qizi bilan 7 yil davomida tandemda ishlab kelaëtgan Komil Allamjonovning nima uchun ishdan bo‘shatilgani va qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Allamjonov iste’fosining oktyabr oxirida o‘tadigan parlament saylovlari arafasida yuz bergani uning yangi, yuqoriroq lavozimga tayinlanishi haqidagi farazlarga ham yo‘l ochgan.
Ayni paytda 40 yashar Allamjonov garchi hukumatda rasmiy lavozimni egallamasa-da, prezidentning to‘ng‘ich qizi va yordamchisi Saida Mirziyoyeva “komandasida qolishi” mumkinligi haqidagi farazlar ham mavjud.
Allamjonov iste’fosi ortidan ehtimoliy ssenariylar ko‘payarkan, u bilan prezidentning kenja kuyovi o‘rtasidagi ziddiyatga oid farazlar yana kuchaydi.
Tahlilchilar nazdida, O‘zbekistonda prezident merosxo‘rligi ustida parda ortida kechayotgan kurash shu kunlarda ancha kuchaygan.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #saidamirziyoyeva #shavkatmirziyoyev #komilallamjonov

show more

Share/Embed