Zarqaynarda eski uylar obodonlashtirish sababli qulamoqda
Gazeta.uz: Oʻzbekiston Yangiliklari Gazeta.uz: Oʻzbekiston Yangiliklari
106K subscribers
59,760 views
667

 Published On Oct 17, 2024

15-oktyabr kuni rekonstruksiya ishlari ketayotgan Toshkent shahri Olmazor tumani “Hastiimom” mahallasi Zarqaynar koʻchasidagi uylardan biri qulab tushdi. Bu hududdagi birinchi holat emas: 2-oktyabr kuni ham mazkur uy yaqinidagi boshqa bir xonadon qulagan.

“Gazeta.uz” Zarqaynar koʻchasida boʻlib, aholi bilan suhbatlashdi, holat aslida nimadan kelib chiqqani, qachon boshlangani va fuqarolarga qanday yordam koʻrsatilayotganiga aniqlik kiritishga harakat qildi, shuningdek, tuman hokimligi masʼuliga mikrofon tutdi.

Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, uylar qulab tushishi va ayrimlarining xavfli darajaga kelib qolishi iyun oyi oxirida boshlangan elektr, gaz va boshqa kommunikatsiyalarni yer ostidan oʻtkazish ishlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Telegram – https://t.me/gazetauz_ozb
Facebook –   / gazetauz  
Instagram –   / gazetauzbekistan  
Twitter –   / gazeta_uz  

show more

Share/Embed