Published On Premiered May 17, 2024
Bugungi mehmonimiz — turkolog olima, PhD Feruza Jumaniyozova. Oʻtgan sonlarning birida u kishi bilan Hindiston turklari haqida gaplashgandik. Bugun oʻsha sonning oʻziga xos sikveli boʻladi. Xuroson — Markaziy Osiyo va Hindiston oʻrtasidagi ulkan tarixiy viloyat. Bu viloyat juda boy va gavjum boʻlgan. Bu viloyatda juda koʻp qadimiy tarixiy shaharlar boʻlgan, juda koʻp voqealar roʻy bergan, buyuk shaxslar yashagan. Bizning tariximizning ham bir qismi oʻtgan. Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslar shu mintaqada yashagan. Bugun Xurosondagi tariximizning bir qismi boʻlgan mavzuda gaplashamiz. Turkiy xalqlar Xurosonda qachon oʻrnashgan? Ularning bu yerdagi tarixi qanday kechgan?
Loyihani donat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash:
https://tirikchilik.uz/QurultoyPodcast
Loyiha “Profsoyuz” PR-agentligi tomonidan yaratilgan
Mavzu: Xurosonda turklar tarixi qachondan boshlangan?
Muallif va boshlovchi: Nodir Nishonov (@dervish_nod)
Bosh ekspert va maslahatchi: Eldar Asanov
Montaj ustasi: Odilbek Fayzullaev
Ijrochi prodyuser: Mirdiyor Ayubov
Dizayner: Muhammadsulton Yusuf
Motion boʻyicha dizayner: Sarbon Rustamov
Mazkur podkast montaj jarayoni sunʼiy intellekt koʻmagida amalga oshirildi.