MehrNoz - Yakshanba
MehrNoz MehrNoz
3.31K subscribers
1,687 views
147

 Published On Premiered Jul 30, 2023

She'r: MehrNoz

Ijodiy guruh:
Muhammadxon Yusupov
Marjona Xidirova

Biz yakshanbadan yakshanbaga yetish uchun yashaymiz.
Kunlar kechiramiz murdamiz sudrab
Yakshanba tongida tirilmoq uchun.

kitob ko’ramiz,
kino o’qiymiz,
ko’zlarimiz,
kulgularimiz to’qnashadi.
15 yashar qizga do’naman,
tentaklik qilaman, zavqing oshadi.
G’irromlik qilasan, o’yin buzasan,
yakshanbamni olib ketasan asta.

birdan uyg’onaman, o’rnimda yo’qman,
gir aylanib izlayman o’zimni,
yoqangga yopishaman dod solib,
derazadan uloqtiraman bo’yinbog’ingni,
yakshanbada saylov qiladiganlarni qarg’ayman,
nega sevgiga siyosatni aralashtirasizlar, deyman.
birdan nafratlanib ketaman,
sendan, sevgidan, siyosatdan.
mahshur bo’lmasayding,
daho bo’lmasayding, deyman.
Axir butun umringni emas,
bitta yakshanbani so’rayman xolos.

#sher #Mehrinoz #yakshanba

show more

Share/Embed