MehrNoz - Vaqt va men
MehrNoz MehrNoz
3.31K subscribers
2,620 views
280

 Published On May 14, 2023

Ijodiy guruh:
Muhammadxon Yusupov
Marjona Xidirova
Shohruh Najot

She'r: MehrNoz


VAQT VA MEN

Qancha qog‘ozlarning boshiga yetdim.
Erkin Vohidov

Qancha daqiqaning boshiga yetdim,
Aybsiz lahzalarni o‘ldirdim qasddan.
Necha oq kunlarim havoga ketdi,
Vaqtni qatl qildim bilib-bilmasdan.

Qaytadan tirilib kelaverdi u,
Kurashga to‘ymadik, ko‘p cho‘zildi jang.
Bir cho‘chib tushaman, bosadi qo‘rquv,
Soat chinqirganda, chalinganda zang.

Meni ta'qib qilar, tinch qo‘ymas sira,
Ko‘zi ochiq ketgan soniyalarim.
Bevaqt dafn etilgan go‘dak onlar va
Yashashni uddalay olmagan umriimm.

To og‘rib turarkan vijdon degani,
Men tug‘magan so‘zlar yoqamdan olar.
Hech xavotir olmang, Vaqt janoblari,
Ortimda kurashchan she’rlarim qolar!

 

show more

Share/Embed