Olmaliqdagi Enter Engineering ishchilari ish tashladi
Ozodlik Radiosi Ozodlik Radiosi
3.03M subscribers
351,433 views
5.3K

 Published On Premiered Apr 10, 2024

Enter Engineering ширкатига қарашли Олмалиқдаги 3-мисни бойитиш фабрикаси (МБФ) қурилишининг ўзбекистонлик ишчилари 8 апрель куни стихияли иш ташлаш эълон қилди.
Ишчилар тўрт ойдан буён маошсиз қолаётганларидан шикоят қилишмоқда.
Бу заводда ҳиндистонлик ва қозоғистонлик ишчилар ҳам ишлайди. Уларга ойлик маошлари вақтида тўлаб берилган.
Аммо ўзбекистонлик ишчиларга тўрт ойдан буён маош берилмаган. Озодлик билан суҳбатда улар уйларда егулик қолмагани, кундан-кунга қарзга кириб бораётганлари ва кредитларини тўлай олмаётганларини айтиб ёзғиришди.
"Пичоқ суякка бориб қадалгани"ни айтган ишчилар 8 апрель куни иш ташлаш эълон қилишди ва ширкат маъмуриятидан ўтган йилнинг декабрь ойидан буён ололмаётган маошларини тўлаб беришни талаб қилдилар.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Enter Engineering shirkatiga qarashli Olmaliqdagi 3-misni boyitish fabrikasi (MBF) qurilishining o‘zbekistonlik ishchilari 8 aprel kuni stixiyali ish tashlash e’lon qildi.
Ishchilar to‘rt oydan buyon maoshsiz qolayotganlaridan shikoyat qilishmoqda.
Bu zavodda hindistonlik va qozog‘istonlik ishchilar ham ishlaydi. Ularga oylik maoshlari vaqtida to‘lab berilgan.
Ammo o‘zbekistonlik ishchilarga to‘rt oydan buyon maosh berilmagan. Ozodlik bilan suhbatda ular uylarda yegulik qolmagani, kundan-kunga qarzga kirib borayotganlari va kreditlarini to‘lay olmayotganlarini aytib yozg‘irishdi.
"Pichoq suyakka borib qadalgani"ni aytgan ishchilar 8 aprel kuni ish tashlash e’lon qilishdi va shirkat ma’muriyatidan o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon ololmayotgan maoshlarini to‘lab berishni talab qildilar.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #mirziyoyev #enterengineering

show more

Share/Embed