MehrNOZ - Yomg'irdan so'ng
MehrNoz MehrNoz
3.31K subscribers
1,364 views
111

 Published On Oct 29, 2023

She'r: MehrNoz

Ijodiy guruh:
Muhammadxon Yusupov
Marjona Xidirova

YOMG'IRDAN SO'NG

Yomg‘ir tindi, yupandi osmon,
Maysalarning bosildi tafti.
Yashasaydim yodingsiz oson
nechadir kun, nechadir hafta…

Ko‘zlarimdan chiqmasang sizib,
Yuragimda olmasang nafas.
Qanotimni qo‘ymasa ezib,
Xotirlardan to‘ralgan qafas.

Yo‘liqmasa edik zaminda
Uchratmasa edi ko‘r qismat.
Esli ayol bo‘lardim jinday,
Aylanardim odamga qisman.

Ko‘z yoshimga ivitib ba’zan,
ochman – qotgan baxtimni yeyman.
Yomg‘ir kabi oliy hodisam,
sodir bo‘lding, nima ham deyman.

show more

Share/Embed