Bizga yurish nasib etsin,Ustozlarning yo’llaridan!
Urganch innovatsion universiteti Urganch innovatsion universiteti
1.22K subscribers
386 views
13

 Published On Premiered Oct 1, 2024

#USTOZGA_EHTIROM

Yoshlarni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng, bilim-salohiyatli insonlar etib kamolga yetkazuvchi ustoz-murabbiylar timsolida ertangi kunimizning porloq istiqbolini ko‘ramiz. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining yuksak ma'no-mazmuni va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Ayni kunlarda barcha jabhalarda ana shu fidoyi zotlar o‘zlarining kasb bayramlarini keng nishonlamoqdalar.
  
Bayramona tadbirlardan biri bugun Urganch innovatsion universitetida tashkil etildi. Oliygohning yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan tasdiqlangan tegishli ish-rejaga muvofiq 1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Ustozga ehtirom" ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tantanali tadbirda oliygohda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ustoz-murabbiylar sharaflanib, universitet ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

show more

Share/Embed