ТАБИИЙ КОЛЛАГЕН ТАЙЁРЛАШ | Suyak, Tish, Teri Salomatligi uchun Uy sharoitida Kollagen Tayyorlash
Uzshifo Info Uzshifo Info
129K subscribers
177,678 views
2K

 Published On Dec 24, 2022

🌸Telegram kanali: https://t.me/uzshifo_info (Yangi!)
🌸 Instagram:   / uzshifo_info   (Yangi!)
🌸 Website: https://uzshifo.info/
----------------------------------

Terimiz 70-80% kollagendan iborat. Suyaklarimiz esa 30-40% kollagen, 40% gidroksiapatit va 25% suvdan iborat. Kaltsiy gidroksiapatit tarkibida bo'ladi. Tish ham suyak hisoblanadi. Demak, tish va suyak salomatligi uchun nafaqat kaltsiy balki kollagen ham iste'mol qilishimiz zarur.

Kollagen organizmda tabiiy ishlab chiqariladi, lekin buning uchun organizmga yetarli ozuqa kerak. Yosh o'tgan sari kollagen ishlab chiqarilishi yana ham kamayadi. Natijada terida ajinlar paydo bo'ladi, suyak va tishlar mo'rtlashadi. Tez-tez kollagen iste'mol qilib turish bu jarayonni sekinlashtiradi, mo'rtlashgan suyak va tishlarning mustahkamlanishiga yordam beradi.

Uy sharoitida kollagen gelini tayyorlab uni taomlaringizga qo'shib iste'mol qilib tursangiz salomatligingiz uchun katta hissa qo'shgan bo'lasiz. Kollagenga boy taomlar iste'mol qilish nafaqat teri, suyak va tishlar uchun balki ichak salomatligi uchun ham juda foydali!

Kollagenga boy gel tayyorlash uchun sizga faqat suv va suyaklar kerak bo'ladi. Uni tayyorlash usulini bafafsil ko'rsatib beraman.

#kollagen #collagen #коллаген #suyakshorva #suyak #суякшурва
-----------------------------------------
🍀Assalomu alaykum! Ismim Feruzabegim. Mutaxassisligim - Holistik Oziqlanish bo'yicha Kouch va Murabbiydir. AQShdagi Spencer Instituti tomonidan sertifikatlanganman. Kanal faoliyatidan maqsadim yaqinlarim va yurtdoshlarimning to'g'ri oziqlanish bo'yicha bilimini oshirishga hissa qo'shishdir. Kanal faoliyati sifatini oshirish bo'yicha taklif va mulohazalaringiz bo'lsa, kommentariyada fikr bildirishingiz mumkin. Kanal hamma uchun foydali bo'ladi deb umid qilaman!

🍀Kanalda ko'proq qaysi mavzular yoritilishini istaysiz? Kommentariyada fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring.

🍀Yangi va foydali video-lavhalarni o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'ling va qo'ng'iroqcha ustiga bosib qo'ying: https://goo.gl/hXCTCA

🍀Eslatma: Videodagi ma'lumotlar axborot va tanishuv materiallari hisoblanadi. Har bir organizm individualdir, shuning uchun tibbiy savollaringiz bo'lsa o'z shifokoringizga murojaat qilishingizni so'raymiz. E'tiboringiz uchun rahmat!

🍀Эслатма: Видеодаги маълумотлар ахборот ва танишув материаллари ҳисобланади. Ҳар бир организм индивидуалдир, шунинг учун тиббий саволларингиз бўлса, ўз шифокорингизга мурожаат қилишингизни сўраймиз. Эътиборингиз учун раҳмат!
-------------------------------------------------------

show more

Share/Embed